Yosh olimlar 3-jild 36-son (2025) · 115–117-betlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI UNDOV, TAQLID VA MODAL SO‘ZLARNING METODIK TAHLILI

Mirxodjayeva, Maxliyo

DOI: 10.70413/yo-v03-i36-p1-034 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi undov, taqlid va modal so‘zlarning lingvistik xususiyatlari hamda ularni o‘qitish jarayonidagi metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Har ikki tilning tizimida bu so‘z turkumlarining grammatik mustaqilligi, emotsional-ekspressiv funksiyasi, talaffuzdagi o‘ziga xosliklari hamda o‘quvchilarga ularni o‘rgatish strategiyalari yoritilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, kuzatish va amaliy ta’lim metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, undov va taqlid so‘zlarni o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, modal so‘zlarni o‘rgatishda esa kontekstual tahlil samaraliroq natija beradi.

undov so‘zlar, taqlid so‘zlar, modal so‘zlar, qiyosiy tahlil, metodika, ingliz tili, o‘zbek tili.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.