Yosh olimlar 3-jild 37-son (2025) · 39–40-betlar
LUQMON BO‘RIXON ASARLARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIZMI
Ne’matullayeva, Sohibaxon
DOI: 10.70413/yo-v03-i37-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Luqmon Bo‘rixon ijodida qahramonlar psixologizmining badiiy talqini tahlil qilingan. Muallif asarlarida inson qalbining ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari, orzu-intilishlari va ma’naviy izlanishlari chuqur tahlil etilishi o‘rganiladi. Yozuvchining “Imomi Motrudiy”, “Jaziramadagi odamlar” va “Qo‘noq” asarlaridagi obrazlar misolida ruhiy tahlilning badiiy ifoda vositalari, til va uslub xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijasida Luqmon Bo‘rixon ijodida psixologik tahlil insonni o‘zligini anglashga undovchi badiiy vosita sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
Luqmon Bo‘rixon, psixologizm, badiiy tahlil, ruhiyat, qahramon, ichki monolog, milliy qadriyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.