Yosh olimlar 3-jild 37-son (2025) · 105–106-betlar

BOLALAR VA KATTALARNING TIL O'RGANISHIGA MOS KELUVCHI O’QITISH METODLARI

Yuldosheva, Shahzoda

DOI: 10.70413/yo-v03-i37-p1-033 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda bolalik va kattalik davrlarida ikkinchi tilni o‘rganish jarayonida o‘qitishning moslashuvchan (adaptiv) pedagogik yondashuvlarini ishlab chiqish va takomillashtirish masalalari tahlil etilgan. Asosiy nazariy manba sifatida D. Singleton va S. Pfenninger (2018) tomonidan yozilgan “L2 Acquisition in Childhood, Adulthood and Old Age” maqolasi asos qilib olingan. Tezisda yosh omilining til o‘rganishdagi ahamiyati, “tanqidiy davr gipotezasi” (Critical Period Hypothesis — CPH), neyroplastiklik (miyaning o‘zgaruvchanligi), shuningdek, ijtimoiy va affektiv omillar ta’siri tahlil qilingan. Statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishda moslashuvchan strategiyalar qo‘llanilganda, bolalar va kattalar o‘rtasidagi til o‘zlashtirish samaradorligi tafovuti 25–30% gacha kamayadi.

moslashuvchan pedagogika, yosh omili, ikkinchi til o‘rganish, tanqidiy davr gipotezasi, neyroplastiklik, ijtimoiy-affektiv omillar, refleksiv o‘rganish, motivatsiya, kognitiv rivojlanish, intensiv o‘qitish, metakognitiv strategiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.