Yosh olimlar 3-jild 37-son (2025) · 122–125-betlar

SEMINAR-TRENINGLAR ORQALI O‘QITUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Sattorov, Husniddin

DOI: 10.70413/yo-v03-i37-p1-038 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada seminar-trening mashg‘ulotlari orqali o‘qituvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish metodikasi yoritilgan. Maqolada kreativ tafakkur tushunchasining mohiyati, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar, guruhiy mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar asosidagi trening mashqlari, hamda refleksiya usullarining pedagogik samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada seminar-treninglarni tashkil etishning bosqichlari, o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini faollashtirish mexanizmlari va amaliy natijalari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqsadli yo‘naltirilgan trening dasturlari o‘qituvchilarning mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv va pedagogik qaror qabul qilish kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantiradi.

seminar-trening, kreativ fikrlash, pedagogik mahorat, innovatsion metodika, interaktiv o‘qitish, refleksiya, kasbiy rivojlanish, ijodiy tafakkur, ta’lim samaradorligi, trening texnologiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.