Yosh olimlar 3-jild 38-son (2025) · 40–42-betlar

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA XORDIQ FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ LEKSIK-SEMANTIK GURUHLARNING QIYOSIY TAHLILI

Napasova, Durdona

DOI: 10.70413/yo-v03-i38-p1-009 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida xordiq faoliyatini ifodalovchi leksik-semantik guruhlarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Ushbu jarayonda leksik-semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil, freym semantikasi, kollokatsion tahlil hamda kontseptual metafora yondashuvlari uyg‘unlashtirildi. Ingliz tilida leisure maydoni sport, sayohat, ko‘ngilochar industriya va raqamli hordiq bilan chambarchas bog‘langan keng paradigmatik tarmoqqa ega ekani; o‘zbek tilida xordiq konsepti esa mehnat sikliga tutash restoratov mazmunga, oila va hamjihatlik qadriyatlariga yaqinlashishi ko‘rsatildi. “Leisure time/activities/centre” kabi barqaror kollokatsiyalar ingliz tilida institutsional va iste’mol diskurslari bilan interfeys hosil qilsa, o‘zbek tilida “dam olish maskani”, “hordiq chiqarish”, “istirohat bog‘i” kabi birikmalar ijtimoiy-amaliy kontekstda yuqori frekans namoyon etadi. Tarjimashunoslik nuqtai nazaridan “holiday/vacation—ta’til”, “recreation—rekreatsiya/dam olish”, “leisure centre—sport-sog‘lomlashtirish markazi/istirohat markazi” ekvivalentlarining registr, janr va madaniy presuppozitsiya bo‘yicha farqlari asoslab berildi. Natijalar o‘qitish, tarjima, leksikografiya va til siyosati uchun amaliy xulosalar taklif etadi.

leisure, xordiq, leksik-semantik guruh, freym semantikasi, kollokatsiya, kontseptual metafora, tarjima.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.