Yosh olimlar 3-jild 38-son (2025) · 56–59-betlar

OʻZBEKISTON SSRDA MEHNAT MIGRATSIYASI VA ISHCHI KUCHI SIYOSATI HOLATI (1945–1985 YILLAR)

Xamidov, Shukurullo

DOI: 10.5281/zenodo.17396853 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1945–1985 yillar oralig‘ida O‘zbekiston SSRda mehnat migratsiyasi va ishchi kuchi siyosatining shakllanish jarayoni, uning asosiy bosqichlari, mexanizmlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSRda sanoatlashtirish va irrigatsiya siyosatining kuchayishi natijasida O‘zbekiston hududida ishchi kuchi taqsimoti yangi bosqichga ko‘tarilgan. Maqolada 1945–1950-yillarda ishchi kuchi taqsimoti va dastlabki migratsiya jarayonlari, 1950–1960-yillarda mehnat siyosatining kengayishi, 1960–1980-yillarda esa sanoat migratsiyasi va ijtimoiy dinamikalar yoritilgan. Shu bilan birga, migratsiya siyosatini boshqaruvchi mexanizmlar — propiska tizimi, kadrlarni yo‘naltirish, malaka oshirish va hududlararo taqsimot usullari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mehnat migratsiyasi siyosati O‘zbekiston SSRning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, mahalliy ishchi kuchining malakasini oshirish, ijtimoiy integratsiya va demografik muvozanatni ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqargan. Ushbu tarixiy tajriba bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini boshqarish siyosatini shakllantirishda muhim tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston SSR, mehnat migratsiyasi, ishchi kuchi siyosati, sanoatlashtirish, irrigatsiya, ichki migratsiya, demografik o‘zgarishlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.