Yosh olimlar 3-jild 38-son (2025) · 73–76-betlar

DINNING SIYOSAT BILAN ARALASHUVI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Yusupova, Sabina

DOI: 10.5281/zenodo.17405462 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada din va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy ko‘rinishlari keng tahlil qilingan. Ayniqsa, diniy qadriyatlarning siyosiy jarayonlarda vosita sifatida ishlatilishi, buning jamiyat barqarorligiga, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikka ta’siri yoritiladi. Dinning siyosat bilan aralashuvi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar – ekstremizm, diniy radikalizm, ijtimoiy ziddiyatlar hamda din nomidan siyosiy manipulyatsiya kabi holatlar ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Shu bilan birga, maqolada din va siyosat o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlash, diniy tashkilotlarning siyosatdan mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, diniy erkinlik va dunyoviylik tamoyillarini mustahkamlash zarurligi asoslab beriladi.

din, siyosat, dunyoviylik, bag‘rikenglik, ekstremizm, radikalizm, ijtimoiy barqarorlik, vijdon erkinligi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.