Yosh olimlar 3-jild 4-son (2025) · 77–79-betlar

O‘SMIRLAR HAYOTIDA PSIXOLOGNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mavlonova, Yorqinoy

DOI: 10.70413/yo-v03-i04-p1-024 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

ushbu maqola o‘smirlar hayotida psixologning o‘rni va ahamiyatini yoritib beradi. O‘smirlik davri o‘ziga xos psixologik qiyinchiliklar, o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlari bilan ajralib turadi. Bu davrda o‘smirlar o‘zlarini anglash, shaxs sifatida shakllanish, tengdoshlari bilan munosabatlarni o‘rnatish, kelajakdagi kasbni tanlash kabi muhim vazifalarni hal qilishlari kerak. Psixolog o‘smirlarga bu qiyinchiliklarni yengishda, hissiy va ijtimoiy rivojlanishda, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda va ruhiy salomatlikni saqlashda yordam beradi. Maqolada psixologning o‘smirlar bilan ishlashning turli shakllari, jumladan, individual va guruhli konsultatsiyalar, treninglar va seminarlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, o‘smirlarning psixologik muammolarini oldini olish va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishning ahamiyati ta'kidlanadi.

o‘smir, psixolog, psixologik yordam, ruhiy salomatlik, o‘smirlik davri, hissiy rivojlanish, ijtimoiy rivojlanish, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, tengdoshlar bilan munosabatlar, kasb tanlash, konsultatsiya, trening, seminar, profilaktika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.