Yosh olimlar 3-jild 5-son (2025) · 130–134-betlar

MAʼLUMOTLAR BAZASI BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI

Normurodova, Sadoqat, Zayniddinova, Durdona, Asadova, Shaxina

DOI: 10.5281/zenodo.14960938 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada maʼlumotlar bazasi boʻlimini oʻqitishning samarali usullari metodikasi va texnikalari keltirilgan. "Ma’lumotlar bazasi boʻlimini oʻqitish metodikasi" deganda, Ma’lumotlar bazalarini tushunish va ishlatish boʻyicha oʻqituvchilarga moʻljallangan ta'lim metodlari va yondashuvlari nazarda tutiladi. Bu boʻlimning maqsadi talabalar va mutaxassislarni Ma’lumotlar bazalari haqida bilimlar bilan tanishtirish, ularga Ma’lumotlar bazalarini yaratish, boshqarish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha koʻnikmalarni oʻrgatishdir. Ma’lumotlar bazalari sohasining zamonaviy rivojlanishi, Ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning muhim ahamiyatini ta'kidlaydi. Ushbu soha bilan tanishish, uning nazariy asoslarini oʻrganish va amaliyotda qoʻllash talabalar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlar bazasini oʻqitish metodikasi nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga ham qaratilgan. Ma’lumotlar bazasining nazariy asoslari Ma’lumotlar bazalari tushunchalari, Ma’lumotlar modelini yaratish, normalizatsiya jarayonlari, Ma’lumotlar bazalarining strukturasi va arxitekturasi haqida toʻliq tushuncha berish. Bu bosqichda SQL tilini oʻrgatish, Ma’lumotlar bazasida turli soʻrovlarni amalga oshirishni oʻrgatish zarur.

Maʼlumotlar bazasi, oʻqitish metodikasi, dasturiy taʼminot, koʻnikmalar, Excel, Google, Sheets, statistik analiz, Ma’lumotlar bazasi, qarorlar qabul qilish, oʻquv jarayoni, amaliy mashqlar, interaktiv oʻqitish, innovatsion pedagogika, oʻqitish metodlari, bilimlarni baholash, texnologik vositalar, analitik fikrlash, oʻquvchilarning mustaqil ishlashi, kompyuter fanlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.