Yosh olimlar 3-jild 6-son (2025) · 77–79-betlar
TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH TA’LIMNING YANGI TEXNOLOGIYASI SIFATIDA
Abatov, Ruslan
DOI: 10.70413/yo-v03-i06-p1-023 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Yurtimizda ta’limga e’tibor yildan-yilga ortmoqda. Bunga misol tariqasida davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan bir necha qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish kerakligi haqida aytilgan[1]. Albatta, ushbu konsepsiya asosida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish orqali ta’lim sifatini yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.