Yosh olimlar 3-jild 6-son (2025) · 115–119-betlar
TA’LIM JARAYONIDA SPORT MASHG‘ULOTLARINI INTEGRATSIYA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ravshanov, Mirfayzi
DOI: 10.70413/yo-v03-i06-p1-033 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida sport mashg‘ulotlarini integratsiya qilishning nazariy asoslari, maqsad va vazifalari, shuningdek, bu jarayonni amaliyotda joriy etish usullari yoritilgan. Muallif sport o‘yinlari va dars mashg‘ulotlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, akademik natijalarini yaxshilash, ijtimoiy hamda psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tajribalar va nazariy qarashlarni tahlil qiladi. Integratsiya masalasining qadimgi Yunoniston davridagi ilk ko‘rinishlaridan tortib hozirgi zamon “holistik ta’lim” konsepsiyasigacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni ko‘rib chiqilgan. Maqola xulosasida ta’lim va sport o‘rtasidagi uyg‘unlikning yuqori samaradorligi, sog‘lom turmush tarzi va ijodiy fikrlash kabi omillarni shakllantirishdagi o‘rni ta’kidlanadi.
Ta’lim jarayoni, sport mashg‘ulotlari, integratsiya, jismoniy tarbiya, konstruktivistik yondashuv, holistik ta’lim, psixologik barqarorlik, motivatsiya, ijtimoiy ko‘nikmalar, akademik samaradorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.