Yosh olimlar 3-jild 6-son (2025) · 120–124-betlar
TA’LIMDA KIBERXAVFSIZLIK O‘RGATISH ZARURATI
Saytkulov, Raximjon
DOI: 10.70413/yo-v03-i06-p1-034 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning zamonaviy ta’lim jarayonidagi roli, uni maktablar va oliy ta’lim bosqichlarida o‘qitishning dolzarbligi hamda kiberxavfsizlikni o‘rgatish orqali erishiladigan afzalliklar keng tahlil qilingan. Maqolada yoshlar o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish, tarmoqlar va platformalardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga, ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyatdagi xabardorlik darajasini yuksaltirish, buning uchun infratuzilma, malakali kadrlar va jamoaviy hamkorlik zarurligi ta’kidlangan. Maqola xulosasida esa kiberxavfsizlikni o‘qitishning istiqbollari va unga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat xavfsizligi nuqtayi nazaridan alohida urg‘ulanadi.
kiberxavfsizlik, raqamli savodxonlik, ta’lim jarayoni, onlayn platforma, kiberjinoyatlar, raqamli madaniyat, phishing, huquqiy masalalar, kriptografiya, texnik baza.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.