Yosh olimlar 3-jild 6-son (2025) · 143–146-betlar

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH: JAHON IQTISODIYOTINING STRATEGIK OMILI

Togʻoyev, Abubakir

DOI: 10.70413/yo-v03-i06-p1-039 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning jahon iqtisodiyotidagi strategik ahamiyati, asosiy ko‘rsatkichlari va tahlillari yoritilgan. Unda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini rivojlantirish va agrar tarmoqni texnologik modernizatsiya qilish borasida eksportning tutgan o‘rni keng qamrovli misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, dunyo va yirik 15 ta davlatning eksport salohiyati, o‘sish dinamikasi, savdo hamkorlari soni, diversifikatsiya darajasi, mahsulot tuzilishi kabi omillarga e’tibor qaratilib, qiyosiy ko‘rsatkichlar jadval shaklida beriladi. Maqola yakunida mahsulot tarkibida xomashyo va tayyor mahsulotlar nisbatining global raqobatbardoshlikka ta’siri hamda diversifikatsiya siyosatining ahamiyati xulosa sifatida keltiriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, eksport, global savdo, oziq-ovqat xavfsizligi, diversifikatsiya, xomashyo, tayyor mahsulot, xalqaro bozordagi raqobat, eksport salohiyati, texnologik modernizatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.