Yosh olimlar 3-jild 6-son (2025) · 147–152-betlar

MIKROQARZLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH XALQARO TAJRIBALAR TAHLILI

Ravshanova, Sevara

DOI: 10.5281/zenodo.15037152 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada mikroqarzlar tizimining xalqaro amaliyotdagi o‘rni, turli davlatlar (Tanzaniya, Hindiston, Keniya, Marokash, Indoneziya, Vetnam, Boliviya, Braziliya) tajribalari hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Xususan, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mobil texnologiyalarni qo‘llash, islomiy moliya prinsiplari, ayollar jamg‘arma-guruhlarini rivojlantirish va agrar sohaga yo‘naltirilgan mikroqarz siyosati kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mikroqarzlar ijtimoiy dasturlar bilan integratsiyalash orqali kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy faollikni kuchaytirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashdagi afzalliklari hamda bu jarayonlardagi xavf-xatarlar yoritiladi.

Mikroqarzlar, kambag‘allik, moliyaviy savodxonlik, mobil texnologiyalar, islomiy moliya, ayollar jamg‘arma-guruhi, agrar mikrokreditlash, ijtimoiy dasturlar, iqtisodiy faollik, O‘zbekiston.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.