Yosh olimlar 3-jild 7-son (2025) · 60–63-betlar
BLOKCHAYEN TEXNOLOGIYASINING ISHLASH PRINSIPLARI
Nurmaxmatova, Umida, Negmatova, Sevinch
DOI: 10.5281/zenodo.15075786 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Blokcheyn texnologiyasi markazlashmagan, xavfsiz va o‘zgartirib bo‘lmaydigan ma’lumotlar bazasi sifatida ishlaydi. U bloklar zanjiri orqali ma’lumotlarni saqlash va ularga kirishni ta’minlaydi. Har bir blok o‘zidan oldingi blok bilan bog‘langan bo‘lib, kriptografik xesh funksiyalari orqali himoyalangan. Ma’lumotlar yagona markazga emas, balki butun tarmoq bo‘ylab tarqatilgan. Ma’lumotlar bloklarga joylashtiriladi va o‘zaro bog‘langan holda saqlanadi. Blokcheyn texnologiyasi moliya, tibbiyot, hujjatlarni tasdiqlash va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Uning asosiy afzalliklari – xavfsizlik, ishonchlilik va shaffoflikdir. Blokcheyn - bu markazlashtirilmagan ma'lumotlar bazasi bo'lib, u o'zida undan ro'yxatdan o'tgan barcha ishtirokchilar ma'lumotlari (o'tkazmalari) haqida ma'lumotlarni alohida "zanjir" shaklida saqlash imkonini beradi". Angliya bankining fikricha, "blokcheyn - bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir"
Markazsizlashtirish, kriptografiya, qaytarilmaslik, shartnoma, to'plam, consensus mexanizmlari, tarmoq xavfsizligi, ochiqlik, ma'lumotlar uzatish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.