Yosh olimlar 3-jild 7-son (2025) · 64–68-betlar
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING ASOSIY KOMPONENTLARI
Qodirov, Farrux, Numonova, Hulkar
DOI: 10.5281/zenodo.15075810 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Blokcheyn – bu markazlashmagan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, tranzaksiyalarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlashni ta’minlaydi. Ushbu texnologiya turli sohalarda qo‘llanilmoqda va uning samarali ishlashi bir nechta asosiy komponentlarga bog‘liq. Blokcheynning asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: tugunlar (nodes) – tarmoqning ajralmas qismi bo‘lib, har bir tugun blokcheynning nusxasini saqlaydi; tranzaksiyalar (transactions) – foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar; bloklar (blocks) – tranzaksiyalarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar tuzilmasi. Har bir blok oldingi blok bilan bog‘langan bo‘lib, bu butun zanjirning yaxlitligini ta’minlaydi. Blokcheynning xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlovchi muhim omillardan biri xesh funktsiyasi (hash function) bo‘lib, u tranzaksiya ma’lumotlarini shifrlaydi va har bir blokga noyob identifikator beradi. Konsensus mexanizmi (consensus mechanism) esa tarmoq ishtirokchilarining tranzaksiyalarni tekshirish va tasdiqlash jarayonida kelishib olishini ta’minlaydi. Eng mashhur konsensus mexanizmlari Proof of Work (PoW) va Proof of Stake (PoS) hisoblanadi.
Blokcheyn, taqsimlangan reyestr (DLT - Distributed Ledger Technology), kriptografiya, hash funksiyasi, blok, tugun (Node), konsensus algoritmi, smart-kontraktlar, tarmoq ishtirokchilari, tranzaksiya, markazlashmagan tarmoq (Decentralization), kriptovalyuta, PoW (Proof of Work), PoS (Proof of Stake), tokenizatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.