Yosh olimlar 3-jild 7-son (2025) · 69–72-betlar
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI HAQIDA TUSHUNCHA
Qodirov, Farrux, Norboboyeva, Sevinchoy, Negmatova, Sevinch
DOI: 10.5281/zenodo.15075829 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasi va uning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Blokcheyn – bu markazlashmagan, taqsimlangan va xavfsiz ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda tranzaksiyalar yoki boshqa turdagi ma’lumotlar bloklar shaklida saqlanadi va har bir blok oldingi blok bilan kriptografik bog‘lanish orqali ulanadi. Bu texnologiya dastlab kriptovalyutalar (Bitcoin, Ethereum va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, logistika, huquqiy hujjatlar boshqaruvi va hukumat xizmatlari kabi turli sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
blokcheyn, markazlashmagan tizim, kriptovalyuta, tranzaksiya, xavfsizlik, shaffoflik, smart-kontrakt, raqamli ma’lumotlar, tarmoq tugunlari, ma’lumotlar bazasi, shifrlash, logistika, moliya, tibbiyot, hujjatlashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.