Yosh olimlar 3-jild 8-son (2025) · 132–138-betlar
SUN’IY NEYRON TARMOQLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI
Qodirov, Farrux, Safarova, Mohinabonu
DOI: 10.70413/yo-v03-i08-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Sun’iy neyron tarmoqlari (SNT) – inson miyasining biologik neyronlari asosida ishlaydigan, ma’lumotlarni qayta ishlash va mustaqil o‘rganish qobiliyatiga ega bo‘lgan kompyuter tizimlaridir. Ushbu tadqiqot sun’iy neyron tarmoqlarining asosiy tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi haqida ma’lumot beradi.Maqolada SNTning asosiy komponentlari, xususan, qatlamlar (kirish, yashirin va chiqish qatlamlari), neyronlarning vazifalari hamda ular orasidagi bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, orqaga tarqalish (backpropagation) va gradientni pasaytirish (gradient descent) kabi o‘qitish usullari tushuntiriladi.Sun’iy neyron tarmoqlari hozirgi kunda tibbiyot, muhandislik, moliya, tabiiy tilni qayta ishlash, tasvirni aniqlash va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Ushbu tadqiqot SNTning afzalliklari, cheklovlari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini, yoritadi. Mazkur ish sun’iy intellekt va mashinani o‘rganish sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar, dasturchilar va talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Sun’iy neyron tarmoqlari, mashinani o‘rganish, chuqur o‘rganish, neyron tarmoq modeli, aktivatsiya funksiyasi, orqaga tarqalish, gradientni pasaytirish, qatlamli arxitektura, konvolyutsion neyron tarmoqlar, rekurrent neyron tarmoqlar, sinaptik vaznlar, o‘qitish algoritmlari, optimallashtirish usullari, katta ma’lumotlar, tabiiy tilni qayta ishlash, tasvirni aniqlash, intellektual tizimlar, neyron aloqalari, ma’lumotlarni qayta ishlash.ma’lumotlar, tabiiy tilni qayta ishlash, tasvirni aniqlash, intellektual tizimlar, neyron aloqalari, ma’lumotlarni qayta ishlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.