Yosh olimlar 4-jild 33-son (2026) · 49–51-betlar
RADIOTO'LQINLARNING TARQALISH XUSUSIYATLARI
G’ulomov, Farruxbek, Dalibekov, L.
DOI: 10.5281/zenodo.19907843 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada radioto‘lqinlarning turli muhitlarda (atmosfera, ionosfera, yer yuzasi) tarqalish qonuniyatlari va fizik mexanizmlariga bag‘ishlangan. Unda radioto‘lqinlarning asosiy tarqalish turlari – yer to‘lqinlari, fazoviy (ionosferadan qaytuvchi) to‘lqinlar va to‘g‘ri ko‘rinishdagi to‘lqinlar tahlil qilinadi. Diffraksiya, refraksiya, interferensiya va polyarizatsiya kabi hodisalarning radioaloqa masofasi va sifatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Alohida e’tibor ionosferaning tuzilishi, kritik chastota, maksimal qo‘llaniladigan chastota (MUF) va absorbsiya jarayonlariga qaratiladi. Shuningdek, troposferada radioto‘lqinlarning sinishi, sochilishi va zaiflashuvi, shuningdek, meteo-sharoitlarning (namlik, bosim, harorat) tarqalishga ta’siri yoritiladi. Annotatsiya radioaloqa tizimlarini loyihalash, televideniye, mobil aloqa, radar va sun’iy yo‘ldosh tizimlari uchun muhim bo‘lgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
radioto‘lqinlar, tarqalish turlari (yer to‘lqinlari, fazoviy to‘lqinlar, to‘g‘ri ko‘rinish to‘lqinlari), ionosfera, troposfera, diffraksiya, refraksiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.