Yosh olimlar 4-jild 33-son (2026) · 95–96-betlar

EKSTREMAL (O'QUV-JANGOVAR) VAZIYATLARGA JALB ETILISH VA UNING RUHIYATGA TA'SIRI

Nurmamatov, Mirolim

DOI: 10.5281/zenodo.19913784 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Harbiy xizmatning o'zagi – tinchlik davrida ham jangovar vaziyatlarga tayyor turishdir. To'satdan e'lon qilinadigan "Trevoga"lar, qo'shinlarning dala poligonlariga olib chiqilishi, noqulay ob-havo sharoitlarida uzoq muddatli taktik o'quv mashqlarining o'tkazilishi asab tizimiga kuchli yuklama beradi. Bu vaziyatlar subyekt tomonidan qanday qabul qilinishi uning psixologik barqarorligiga bog'liq. G.Selening stress nazariyasiga ko'ra, bunday o'zgarishlar organizmda "safarbarlik" (mobilizatsiya) bosqichini ishga tushiradi. Ammo, tayyorgarligi past bo'lgan, asab tizimi labil (beqaror) shaxslarda bu safarbarlik tezda "charchash va holsizlanish" (distress) bosqichiga o'tib ketadi. Natijada psixogen reaksiyalar – uyqusizlik, apatiya, vahima hujumlari (panik ataka) yoki agresiya namoyon bo'lishi mumkin.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.