Yosh olimlar 4-jild 33-son (2026) · 143–149-betlar

ZAMONAVIY QURILISHDA KOMPOZIT ARMATURANING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI

Solijonova, Zilolaxon, Kimsanov, Baxromjon

DOI: 10.5281/zenodo.19918671 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

mazkur maqolada zamonaviy qurilish amaliyotida qo‘llanilayotgan kompozit armaturalarning (FRP — fiber reinforced polymer) fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari chuqur ilmiy tahlil asosida o‘rganilgan. Kompozit armaturaning yuqori tortilish mustahkamligi, past zichligi, korroziyaga va agressiv muhitlarga chidamliligi, elektromagnit o‘tkazmaslik xususiyati kabi afzalliklari temir armatura bilan qiyosiy tahlil asosida baholangan. Shu bilan birga, uning elastiklik modulining nisbatan pastligi, mo‘rt buzilish xususiyati, yuqori harorat ta’sirida mexanik xossalarining keskin pasayishi hamda loyihalash me’yorlarining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi kamchiliklari ham atroflicha ko‘rib chiqilgan.

kompozit armatura, FRP, temirbeton konstruksiyalar, tortilish mustahkamligi, elastiklik moduli, korroziyaga chidamlilik, agressiv muhit, mo‘rt buzilish, yuqori harorat ta’siri, yuk ko‘taruvchanlik, ekspluatatsion ishonchlilik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.