Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 13–17-betlar

OTT VA IPTV TEXNOLOGIYALARI: AN'ANAVIY TELEVIDENIYENING TRANSFORMATSIYASI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Xalilov, Muxammadmuso, Nosirjonov, O’tkirjon

DOI: 10.5281/zenodo.19938912 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy telekommunikatsiya sohasidagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan an’anaviy televideniyening raqamli transformatsiyasi jarayoni tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy markazida IPTV va OTT texnologiyalarining texnik xususiyatlari, ularning ishlash prinsiplari hamda foydalanuvchilarga taqdim etayotgan interaktiv imkoniyatlari tahlili turadi. Maqolada ushbu ikki texnologiyaning o‘zaro farqli jihatlari, ma’lumotlarni uzatishdagi samaradorligi va tarmoq infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston media bozoridagi mavjud holat ko‘rib chiqilib, milliy kontent platformalarining rivojlanish tendensiyalari yoritib berilgan. Maqola yakunida media texnologiyalarning kelajakdagi istiqbollari, jumladan, sun’iy intellekt va 5G tarmoqlarining sohadagi o‘rni haqida ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Ushbu izlanish soha mutaxassislari va yosh olimlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

raqamli televideniye, IPTV ,OTT texnologiyasi, media transformatsiya ,kontent platformalari oqimli video, interaktiv xizmatlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.