Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 26–29-betlar

IJTIMОIY TARMОQLAR TILIDA NОADABIY GRAMMATIK UNSURLAR TASNIFI VA TURLARI

Yodgorova, Husniyabonu

DOI: 10.5281/zenodo.19939820 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar tilida uchraydigan noadabiy grammatik unsurlar, ularning tasnifi hamda qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda internet muloqotining norasmiy tabiati natijasida adabiy til me’yorlaridan chekinish jarayoni, ayniqsa morfologik shakllarning qisqarishi, sintaktik tuzilmalarning soddalashuvi va shevaga xos grammatik ko‘rsatkichlarning yozma nutqqa ko‘chishi masalalari yoritiladi. Shuningdek, shaxsiy yozishmalar va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar misolida noadabiy grammatik birliklarning morfologik va sintaktik turlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tarmoqlar tilining o‘ziga xos “virtual grammatikasi” shakllanayotganini hamda bu jarayon tilshunoslik, xususan, psixolingvistika va lingvistik ekspertiza uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

ijtimoiy tarmoqlar tili, noadabiy grammatik unsurlar, morfologik o‘zgarishlar, sintaktik buzilishlar, sheva elementlari, virtual muloqot, yozma nutq, lingvistik tahlil, psixolingvistika, internet tili.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.