Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 70–71-betlar

BOSH MIYA JAROHATLARIDAN SO‘NG POSTTRAVMATIK ENSEFALOPATIYA VA ENSEFALITNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI

Samatov, Farrux, Aralov, Shaxzod, Saydumova, Roksana, Xudoyberdiyeva, Xursanoy, Xo‘shboqov, Quvonchbek

DOI: 10.5281/zenodo.19949027 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bosh miya jarohatlaridan so‘ng rivojlanadigan posttravmatik ensefalopatiya va ensefalit klinik amaliyotda muhim differensial diagnostik muammo hisoblanadi. Ushbu holatlar etiologiyasi, patogenezi va kechish xususiyatlari jihatidan farqlanadi, biroq ayrim nevrologik simptomlarning o‘xshashligi diagnostik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Posttravmatik ensefalopatiya bosh miya shikastlanishidan keyin uzoq muddat davomida shakllanadigan surunkali jarayon bo‘lib, asosan kognitiv buzilishlar, emotsional labillik va vegetativ disfunksiya bilan namoyon bo‘ladi. Ensefalit esa ko‘pincha infeksion yoki autoimmun etiologiyaga ega bo‘lib, o‘tkir boshlanishi, isitma, ong buzilishi va meningeal simptomlar bilan xarakterlanadi. Differensial diagnostikada klinik belgilar bilan bir qatorda likvor tekshiruvi, neyrovizualizatsiya usullari (MRT, KT) va elektroensefalografiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada posttravmatik ensefalopatiya va ensefalitning asosiy farqlovchi mezonlari, diagnostik algoritmlari hamda klinik ahamiyati tahlil qilinadi.

posttravmatik ensefalopatiya, ensefalit, bosh miya jarohati, differensial diagnostika, nevrologiya, likvor, MRT.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.