Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 90–92-betlar
KATTA HAJMDAGI MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHDA PYTHON, R VA JULIA DASTURLASH TILLARINING ISHLASH TEZLIGI VA SAMARADORLIGINI TAQQOSLASH
Abdug‘opporov, Xabibullo, Abdukadirov, Bakhtiyor
DOI: 10.5281/zenodo.19950486 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida keng qo‘llaniladigan Python, R va Julia dasturlash tillarining ishlash tezligi, xotira samaradorligi va umumiy samaradorligi keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har bir tilning texnik xususiyatlari, ularning Big Data muhitidagi o‘rni hamda real amaliy vazifalarda qo‘llanish darajasi o‘rganildi. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda yuzaga keladigan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun zamonaviy yondashuvlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turli dasturlash tillarining integratsiyasi umumiy samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Data Science, Big Data, Python, R, Julia, ishlash tezligi, samaradorlik, parallel hisoblash, ma’lumotlar tahlili, benchmark
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.