Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 107–110-betlar
QONUNIYLIK VA HUQUQIY TARTIBOT
Qurbonov, Temur, Irnazarov, Shuxrat
DOI: 10.5281/zenodo.19971970 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqiy tizimning eng muhim asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan qonuniylik va uning bevosita natijasi hisoblangan huquqiy tartibot tushunchalari chuqur tahlil qilinadi. Qonuniylik jamiyatda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy rioya etishini ta’minlovchi asosiy tamoyil sifatida qaraladi. Huquqiy tartibot esa ushbu tamoyilning amaliy ifodasi bo‘lib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari asosida barqaror va tartibli shaklda rivojlanishini anglatadi. Maqolada qonuniylikning asosiy prinsiplari, uning huquqiy davlat qurilishidagi o‘rni, shuningdek huquqiy tartibotni ta’minlashda davlat organlari va fuqarolarning roli yoritilgan. Bundan tashqari, qonuniylik buzilganda yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ya’ni huquqbuzarliklarning ortishi, ijtimoiy beqarorlik va adolat tamoyilining izdan chiqishi kabi muammolar tahlil qilingan.
Qonuniylik, huquqiy tartibot, huquqiy davlat, huquqiy madaniyat, huquqiy ong,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.