Yosh olimlar 4-jild 34-son (2026) · 111–114-betlar

HUQUQ SHAKLLARI VA MANBALARI

Ergasheva, Muhlisa, Irnazarov, Shuxrat

DOI: 10.5281/zenodo.19972051 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy odat, huquqiy pretsedent hamda huquqiy shartnoma kabi asosiy huquq shakllari alohida o‘rganilib, ularning har biri mazmuni, huquqiy tabiatiga ko‘ra tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu huquq manbalarining turli huquq tizimlarida (romano-german va anglosakson huquq oilalarida) tutgan o‘rni ham qisqacha yoritilgan.Maqolada huquq manbalarining jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga roli, qonun ustuvorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda huquqiy davlatni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Ayniqsa, normativ-huquqiy hujjatlarning eng asosiy va ustuvor huquq manbai sifatidagi roli, ularning ierarxik tizimi va amaliy qo‘llanilishi alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, zamonaviy huquqiy rivojlanish jarayonida elektron huquqiy tizimlar, raqamli qonunchilik bazalari va huquqiy axborot resurslarining ahamiyati ortib borayotgani qayd etilgan. Bu esa huquq manbalarining ochiqligi, shaffofligi va tezkor qo‘llanilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Umuman olganda, huquq shakllari (huquq manbalari) huquq tizimining asosiy poydevorini tashkil etib, ular jamiyatda tartib-intizom, adolat va qonuniylikni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi.

Huquq shakllari, huquq manbalari, normativ-huquqiy hujjatlar, qonun, huquqiy

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.