Yosh olimlar 4-jild 35-son (2026) · 125–128-betlar

QO‘LCHO‘LOQ MAYDONI POLIMETALL MA’DANINING MODDIY TARKIBI VA BOYITILUVCHANLIGINI O‘RGANISH

Asilov, Shodbay, Normurodov, Azizbek, Sodiqov, Farrux

DOI: 10.5281/zenodo.20019663 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi kunda rangli va qimmatbaho metallarga bo‘lgan global talabning ortib borishi murakkab tarkibli polimetall ma’danlarni samarali qayta ishlash masalasini dolzarb ilmiy-amaliy muammoga aylantirmoqda. Mazkur tadqiqotda Qo‘lcho‘loq konidan olingan polimetall ma’danning moddiy tarkibi, granulometrik taqsimlanishi hamda boyitish imkoniyatlari o‘rganildi. Kern namunasi asosida shakllantirilgan texnologik namunada o‘rtacha Pb – 2,88 %, Zn – 2,54 %, Cu – 0,07 %, Au – 0,044 o‘/b va Ag – 61,49 o‘/b miqdorlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari polimetall ma’danlarni samarali qayta ishlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

polimetall, ma’dan, boyitish, texnologik, gravitatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.