Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 4–6-betlar
O‘ZBEK TILIDAGI RANG KOMPONENTLI TOPONIMLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Ismаtоvа, Nоdirаxоn
DOI: 10.5281/zenodo.20022156 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi rang komponentli toponimlarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Rang nomlari asosida shakllangan joy nomlari xalqning tabiiy muhitni idrok etishi, makon haqidagi tasavvurlari, tarixiy xotirasi va madaniy tafakkuri bilan bevosita bog‘liq holda yuzaga keladi. Maqolada rang komponentli toponimlarning tabiiy, tarixiy, etnik va madaniy omillar asosida shakllanishi yoritiladi. Shuningdek, oq, qora, qizil, ko‘k, sariq kabi rang leksemalarining toponimlar tarkibida nafaqat bevosita rang ma’nosini, balki ko‘chma, ramziy va madaniy-semantik ma’nolarni ham ifodalashi ko‘rsatib beriladi.
rang komponentli toponimlar, lingvomadaniyat, o‘zbek toponimiyasi, rang leksemalari, oronimlar, gidronimlar, nominatsiya, semantika, madaniy tafakkur,
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.