Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 41–43-betlar

XALQ OG’ZAKI IJODIDA PORTRET

Mahkamova, Sabina

DOI: 10.5281/zenodo.20023392 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodida portret tushunchasining nazariy va badiiy talqini kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Folklor – “xalq donoligi” sifatida qaralib, u jamoaviy ijod mahsuli bo‘lib, unda xalqning tarixiy xotirasi, estetik qarashlari hamda ijtimoiy tajribasi mujassamlangan . Tadqiqotda folklor janrlarida (doston, ertak, rivoyat, maqol va boshqalar) obraz va portret yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, qahramonlarning tashqi va ichki sifatlarini umumlashtirish, tipiklashtirish jarayonlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, og‘zaki ijod namunalari xalqning axloqiy-me’yoriy qadriyatlarini ifodalovchi muhim manba sifatida qaralib, ularda portret tasviri orqali ijtimoiy ideal, milliy xarakter va estetik mezonlar aks etishi ko‘rsatib beriladi . Maqolada folklordagi portretning sinkretik tabiati, ya’ni so‘z, obraz va ijro uyg‘unligida namoyon bo‘lishi hamda uning yozma adabiyot portretidan farqli jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi.

xalq og‘zaki ijodi, folklor, portret, badiiy obraz, qahramon tasviri, tipiklashtirish, idealizatsiya, milliy xarakter, estetik tafakkur, doston, ertak, rivoyat, folklorshunoslik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.