Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 51–57-betlar
O‘ZBEKISTON VA XITOYNING ARXEOLOGIYA BORASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARI TARIXIGA DOIR(1992–2025 YILLAR)
Wang, ZiLu
DOI: 10.5281/zenodo.20025608 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
1992-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon, arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik dastlabki tarqoq aloqalardan har tomonlama va chuqur strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Mazkur maqolada so‘nggi o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik tadqiqotlarining rivojlanish bosqichlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida hamkorlik jarayonini uchta asosiy davrga bo‘lish mumkinligi aniqlandi: 1992-yildan 2000-yillarning boshigacha bo‘lgan akademik muloqot bosqichi; 2009-yildan 2019-yilgacha "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi asosidagi dala qazishmalaridagi keskin yuksalish bosqichi hamda 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan texnologik arxeologiya va raqamli merosga asoslangan transformatsiya bosqichi.
O‘zbekiston, Xitoy,, xalqaro munosabatlar, xalqaro hamkorlik,qo'shma arxeologiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.