Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 101–102-betlar
XALQ OG‘ZAKI IJODIDA OT OBRAZI: MIFOLOGIK ILDIZLAR VA EPIK TALQINLAR
Abdullayeva, Gulnoza, Yo'ldoshaliyev, Akmaljon
DOI: 10.5281/zenodo.20027339 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xususan, qahramonlik dostonlari va ertaklarida ot obrazining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida otning nafaqat transport vositasi, balki qahramonning sirdoshi, maslahatgo‘yi va ilohiy quvvat manbai sifatidagi xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, Alpomish dostonidagi Boychibor va Go‘rog‘li turkumidagi G‘irot obrazlari misolida otning mifologik kelib chiqishi va badiiy talqini o‘rganilgan. Maqola xalqimizning milliy qadriyatlari va otga bo‘lgan hurmati tarixiy-falsafiy jihatdan asoslab beradi.
Xalq og‘zaki ijodi, doston, ot obrazi, Boychibor, G‘irot, mifologiya, epik qahramon, sadoqat, suv ayg‘irlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.