Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 137–141-betlar
“RAQAMLI TV SIGNALLARINI DEKODLASHDA SUN'IY INTELLEKT ELEMENTLARINI QO‘LLASH”
Mahmudov, Dilshodbek, Xalilov, M. M.
DOI: 10.5281/zenodo.20027653 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli televideniye tizimlarida signalni dekodlash jarayonini sun’iy intellekt (SI) algoritmlari yordamida takomillashtirish masalalari tadqiq etiladi. Hozirgi kunda an’anaviy matematik dekodlash usullari yuqori aniqlikdagi (4K va 8K) videolarni uzatishda kanal o‘tkazuvchanligi va energiya samaradorligi bo‘yicha cheklovlarga duch kelmoqda. Maqolada neyron tarmoqlarining tasvir sifatini oshirish (Super Resolution) va signaldagi shovqinlarni kamaytirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida SI elementlarini qo‘llash orqali ma’lumotlar oqimini optimallashtirish va past sifatli signallarni real vaqt rejimida qayta tiklash muammolariga yechimlar taklif etilgan. Olingan natijalar kelajakda "aqlli" dekoderlarni (Smart STB) yaratishda va chekka hududlarda barqaror TV signallarini ta'minlashda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli televideniye, Sun’iy intellekt, Neyron tarmoqlari, Dekodlash, Tasvir sifatini oshirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.