Yosh olimlar 4-jild 36-son (2026) · 152–161-betlar

BULUTLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MA'LUMOTLARNI SAQLASH VA BOSHQARISH BO’YICHA STATISTIK MA’LUMOTLAR

Kodirov, Akbar, Bozorova, Aziza, Murodullayeva, Marjona

DOI: 10.5281/zenodo.20033116 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar yordamida ma'lumotlarni saqlash va boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlari ko'rib chiqilgan. Bulutli hisoblash tizimlarining asosiy turlari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Turli bulutli xizmatlar platformalarining qiyosiy tahlili o'tkazilgan va zamonaviy tashkilotlar uchun ularning samaradorligi baholangan. Maqolada ma'lumotlarni saqlashning an'anaviy va bulutli usullarini solishtiradigan statistik ma'lumotlar va jadvallar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bulutli texnologiyalar tashkilotlarga xarajatlarni 30-60% gacha kamaytirish va ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiyligini ta'minlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Maqola maktabgacha ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

bulutli texnologiyalar, ma'lumotlarni saqlash, cloud computing, SaaS, PaaS, IaaS, ma'lumotlar xavfsizligi, raqamlashtirilgan ta'lim, katta ma'lumotlar (Big Data), maktabgacha ta'lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.