Yosh olimlar 4-jild 37-son (2026) · 25–31-betlar
TALABALARDA MOTIVATSIYA INQIROZINI BARTARAF ETISHNING KOMPLEKS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MODELI: NAZARIYA VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI
Xolmirzayeva, Farida
DOI: 10.5281/zenodo.20195877 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarda motivatsiya inqirozini yuzaga keltiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, uning ta’lim jarayoniga ta’siri hamda uni bartaraf etishga qaratilgan kompleks modelning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Maqolada motivatsiya inqirozi faqat shaxsiy sustkashlik yoki o‘qishga qiziqishning pasayishi sifatida emas, balki talabaning maqsad qo‘yish, o‘zini anglash, ijtimoiy muhit bilan moslashish, kasbiy istiqbolni tasavvur qilish va o‘z-o‘zini boshqarish jarayonlari bilan bog‘liq murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida talqin etiladi. Taklif etilayotgan model diagnostik, nazariy-metodologik, ijtimoiy-muhit, psixologik qo‘llab-quvvatlash, amaliy-faoliyat va natijaviy-refleksiv bloklar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan. Tadqiqotda mazkur modelni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish orqali talabalarda ichki motivatsiyani kuchaytirish, kasbiy o‘zini anglashni rivojlantirish hamda o‘quv faoliyatiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.
motivatsiya, motivatsiya inqirozi, ijtimoiy-psixologik model, talaba shaxsi, ichki motivatsiya, kasbiy o‘zini anglash, refleksiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muhiti, o‘z-o‘zini boshqarish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.