Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 20–22-betlar
OPTIKA BO'LIMINI O'RGANISHDA VIRTUAL LABORATORIYALAR VA SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH
Atabaeva, Barchinoy
DOI: 10.5281/zenodo.20205740 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy fizika ta'limining dolzarb masalalaridan biri — optika bo'limini o'qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosi ko'rib chiqiladi. Maqolada an'anaviy o'qitish uslublarini saqlab qolgan holda, virtual laboratoriyalar (PhET, Algodoo) va sun'iy intellekt (AI) algoritmlarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilishning afzalliklari tahlil qilinadi. Nukus davlat pedagogika institutining 1–2-kurs talabalari (n=64) ishtirokida o'tkazilgan pedagogik eksperiment asosida talabalarning mustaqil ta'lim jarayonida duch keladigan metodik to'siqlarni bartaraf etish yo'llari va samaradorlik ko'rsatkichlari bayon etilgan.
optika, virtual laboratoriya, sun'iy intellekt, mustaqil ta'lim, ta'lim samaradorligi, raqamli metodika, vizuallashtirish, PhET.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.