Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 43–45-betlar

IQTISODIY GENDER TAFOVUT VA AYOLLARNING SIYOSIY ISHTIROKIDAGI TO‘SIQLAR: UNESCO FRAMEWORKI ASOSIDA TAHLIL

Kokanova, Nursuliu

DOI: 10.70413/yo-v04-i38-p1-013 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda iqtisodiy gender tafovut ayollarning siyosiy ishtirokiga qanday to‘sqinlik qilayotgani UNESCO frameworki asosida tahlil qilinadi. Jahon iqtisodiy forumining 2025-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy ishtirok subindeksi 0,558 ballni tashkil etadi. Ayollar umumiy ishchi kuchining atigi 39,9 foizini, erkaklar esa 72,1 foizini tashkil qiladi. Gender ish haqi tafovuti 34 foizga yetgan – bu global o‘rtacha 20 foizdan 1,7 baravar yuqori. UNESCO frameworkining 5 mezoni bo‘yicha baholash shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston eng past ballni “monitoring va baholash” bo‘yicha olgan. UN CEDAW qo‘mitasining 2022-yilgi tavsiyalari ham hali to‘liq amalga oshirilmagan. Iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘lmagan ayollar siyosiy kampaniyalar olib borish va qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum.

iqtisodiy gender tafovut, ayollar siyosiy ishtiroki, UNESCO frameworki, gender ish haqi tafovuti, UN CEDAW, O‘zbekiston, iqtisodiy mustaqillik, monitoring tizimi, norasmiy bandlik, siyosiy to‘siqlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.