Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 54–57-betlar
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARI VA G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Karimjonova, Nigoraxon
DOI: 10.5281/zenodo.20051381 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning adabiy merosi, uning o’zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni badiiy va falsafiy qarashlari keng yoritilgan. Navoiy ijodining asosiy yo’nalishlari, xususan g’azalchilik, dostonchilik, nasriy asarlar hamda uning insonparvarlik, axloqiy -ma’rifiy g’oyalari tahlil qilinadi. Maqola Navoiy ijodinig bugungi kun uchun ham dolzarbligini ko’rsatishga qaratilgan.Maqolada Navoiy o‘zini “mahjur” – yoridan judo va iztirobda bo‘lgan oshiq sifatida tasvirlab, o‘z shaxsiy dardini umuminsoniy fojia darajasiga ko‘targani ko‘rsatib beriladi. Shoirning shaxsiy kechinmalari o‘zini oqlash emas, balki boshqalarga bunday iztirob yetmasligini so‘rash shaklida ifodalanadi, bu esa uning insonparvarlik ruhidan dalolat beradi.
Alisher Navoiy, mumtoz adabiyot, g’azal, doston, yor, “Xazoyin ul-hmaoniy”, insonparvarlik, ma’naviyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.