Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 77–79-betlar
ALISHER NAVOIYNING MUXLISLARI TOMONIDAN TARTIB BERILGAN DEVONLARI
Sotvoldiyeva, Marjona
DOI: 10.5281/zenodo.20051919 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiy lirik merosining muxlislari tomonidan tartib berilgan devonlari — “Ilk devon” hamda “Oqquyunli muxlislar devoni” ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu devonlarning yaratilish tarixi, ularning shakllanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-adabiy omillar hamda qo‘lyozma an’anasi doirasidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada mazkur devonlarning tarkibiy tuzilishi, she’rlarning joylashtirilish prinsiplari, shuningdek, qo‘lyozma nusxalar orasidagi matn tafovutlari va tahririy o‘zgarishlar matnshunoslik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. “Ilk devon” hamda “Oqquyunli muxlislar devoni” tarkibida uchraydigan ayrim variantlar va qo‘shimcha she’rlar Navoiy merosining ko‘chirilish jarayonidagi o‘ziga xos xususiyat sifatida baholanadi.
Alisher Navoiy, lirika, Ilk devon, Oqquyunli muxlislar devoni, devon tuzish an’anasi, qo‘lyozma manbalar, kotiblar faoliyati, matnshunoslik, tahririy o‘zgarishlar, she’riy janrlar tizimi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.