Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 82–83-betlar
ALISHER NAVOIYNING SHARQ TAZKIRACHILIGIDAGI O’RNI
Uzoqova, Sarvinoz
DOI: 10.5281/zenodo.20052028 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada “Alisher Navoiyning Sharq tazkirachiligidagi o‘rni” masalasi tarixiy-adabiy va nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Unda Navoiy ijodining tazkira janri shakllanishi va rivojiga qo‘shgan hissasi, Sharq adabiy an’anasidagi mavqei hamda adabiy-tanqidiy qarashlar tizimini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda, xususan, “Majolis un-nafois” asari asosida shoir va adiblar haqidagi ma’lumotlarni bayon etish tamoyillari, estetik mezonlari va baholash usullari ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, Navoiy tazkirachilikni oddiy ma’lumotlar yig‘indisidan yuksak adabiy-estetik va tanqidiy tizim darajasiga ko‘targani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Sharq tazkirachiligi tarixini chuqur o‘rganish hamda Navoiy ijodiy merosini kengroq talqin etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Alisher Navoiy, Majolis un-nafois, Sharq tazkirachiligi, tazkira janri, adabiy-tanqidiy qarashlar, adabiy-estetik mezonlar, ijodkor shaxsiyati, adabiy meros, tazkira an’anasi, adabiyotshunoslik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.