Yosh olimlar 4-jild 38-son (2026) · 92–95-betlar
MEDIA TA’LIM NAZARIYASINING PEDAGOGIKADA O‘RNI
Abdurasulova, Madinabonu
DOI: 10.70413/yo-v04-i38-p1-030 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada media ta’lim nazariyasining pedagogika fanidagi o‘rni, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi ahamiyati va o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Bugungi axborotlashgan jamiyatda ta’lim faqat tayyor bilimlarni yetkazish bilan cheklanmay, o‘quvchini axborotni izlash, saralash, tahlil qilish, baholash va undan ongli foydalanishga o‘rgatishi zarur. Shu jihatdan media ta’lim pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’lim mazmunini boyitadi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni interfaol shaklga olib chiqadi hamda raqamli madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Media ta’lim, pedagogika, axborot madaniyati, media savodxonlik, raqamli ta’lim, tanqidiy fikrlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.