Yosh olimlar 4-jild 39-son (2026) · 130–137-betlar
JAMIYAT MA’NAVIY MUHITI VA AXLOQIY MUNOSABATLARGA OMMAVIY MADANIYATNING TA’SIRI
Irnazarova, Sevinch
DOI: 10.5281/zenodo.20323402 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada ommaviy madaniyatning zamonaviy jamiyatdagi axloqiy munosabatlarga ko‘rsatadigan ta’siri ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ommaviy madaniyat inson ongiga ta’sir etuvchi eng kuchli axborot va madaniy mexanizmlardan biri sifatida qadriyatlar tizimini o‘zgartirib, axloqiy mezonlarning nisbiylashuviga olib kelmoqda. Maqolada ommaviy madaniyat mahsulotlari – ommaviy axborot vositalari, internet, kino, reklama va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan turmush tarzi va qadriyat modellarining yoshlar dunyoqarashi hamda ijtimoiy xulq-atvoriga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, iste’molchilik, individuallik va hedonizm g‘oyalari asosidagi madaniy namunalarning milliy ma’naviy qadriyatlarga zid jihatlari tahlil qilinadi. Muallif ommaviy madaniyatning axloqiy ongni deformatsiya qiluvchi va ayni paytda yangicha madaniy moslashuv jarayonlarini shakllantiruvchi ikki qirrali mohiyatini yoritadi.
ommaviy madaniyat, axloqiy munosabatlar, qadriyatlar tizimi, ijtimoiy ong, ma’naviyat, globallashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.