Yosh olimlar 4-jild 39-son (2026) · 168–180-betlar

TA’LIMDA KASBIY MOTIVATSIYA TUSHUNCHASINING MAZMUNI VA MOHIYATI

Bobokeldieva, Maftuna

DOI: 10.5281/zenodo.20078878 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada zamonaviy ta’lim sharoitida kasbiy motivatsiya tushunchasining mazmuni va mohiyati nazariy va amaliy jihatdan kompleks tahlil qilinadi. Kasbiy motivatsiya — bu pedagog faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi muhim psixologik mexanizm bo‘lib, ichki va tashqi omillarning murakkab tizimini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda A. Maslou, F. Gertsberg, E. Desi va R. Rayan, V. Vrum, D. MakKlelland, E. Lokk kabi xorijiy olimlarning klassik nazariyalari hamda mahalliy tadqiqotchilarning yondashuvlari qiyosiy tahlil etilgan. O‘zbekiston Respublikasining 5 ta oliy ta’lim muassasasidan 200 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan empirik tadqiqot natijalariga ko‘ra, pedagogik faoliyatda ichki motivatsiyaning ulushi 64%, tashqi motivatsiyaning ulushi esa 36% ni tashkil etadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi ta’limda kasbiy motivatsiyaning to‘rt komponentli (kognitiv, emotsional, ijtimoiy va pragmatik) tarkibiy modelini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida pedagog xodimlarni motivatsiyalashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

kasbiy motivatsiya, ta’lim, pedagog, ichki motivatsiya, tashqi motivatsiya, ehtiyojlar nazariyasi, o‘zini-o‘zi belgilash nazariyasi, faoliyat samaradorligi, oliy ta’lim, professor-o‘qituvchi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.