Yosh olimlar 4-jild 40-son (2026) · 60–63-betlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARINING SHAKLLANISHI VA TARIXIY ASOSLARI
Ro’ziqulov, Sherzodbek, Qo`chqarova, Xanmidaxon
DOI: 10.5281/zenodo.20082513 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining vujudga kelish tarixi hamda ularning o‘zbek davlatchiligi an’analari bilan uzviy bog‘liqligi tadqiq etiladi. Maqolada Bayroq, Gerb va Madhiyaning qabul qilinish jarayonlari, ushbu ramzlarni tanlashda e’tiborga olingan tarixiy meros, xususan, Amir Temur saltanati va undan oldingi davrlardagi timsollarning zamonaviy davlat ramzlaridagi in’ikosi tahlil qilingan. Shuningdek, ramzlardagi har bir rang va belgi milliy qadriyatlar hamda xalqning uzoq o‘tmishdagi orzu-intilishlari bilan qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash jarayonida davlat ramzlarining tutgan o‘rnini tarixiy nuqtai nazardan baholashga xizmat qiladi.
Davlatchilik tarixi, O‘zbekiston mustaqilligi, tarixiy meros, milliy timsollar, Bayroq, Gerb, Madhiya, Amir Temur bayrog‘i, davlat ramzlari evolyutsiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.