Yosh olimlar 4-jild 40-son (2026) · 95–105-betlar

REPRODUKTIV YOSHDAGI AYOLLARDA BACHADON MIOMASI: SABABLARI, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH

Urozova, Farizoda, Alisherova, Mahliyo

DOI: 10.70413/yo-v04-i40-p1-025 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Bachadon leyomiomalari (fibroidlar) reproduktiv yoshdagi ayollar orasida eng ko’p uchraydigan xavfsiz o‘smalardan biridir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ayollarning katta qismi hayoti davomida ushbu kasallikka duch keladi. Bachadon miomasining uzoq muddatli davolash usuli mavjud emas, chunki bachadon miomasining boshlanishi va rivojlanishining asosiy molekulyar mexanizmlari haqida bilim cheklangan. Kasallik ko‘pincha simptomlarsiz kechsa-da, transvaginal ultratovush yoki MRT orqali tasodifan aniqlanadi. Etiologiyasi ko’p omillarga, ya’ni gormonal (estrogen va progesteron), genetik, irq, tana vazni, gipertenziya va boshqa omillar bilan bog‘liq. Klinik belgilar o‘lcham va joylashuvga qarab farqlanadi, eng ko‘p g‘ayritabiiy qon ketish, bosim belgilar, bepushtlik va og‘riqlar kuzatiladi. Diagnostikada transvaginal ultratovush, sonogisterografiya, MRT va gisteroskopiya qo‘llaniladi. Davolash konservativ (miomektomiya, medikamentoz terapiya) va radikal (gisterektomiya) usullar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi kunda reproduktiv salomatlikni saqlab qolish maqsadida bachadonni saqlab qoluvchi usullar ustunlik qilmoqda.

Bachadon leyomiomasi, fibroid, reproduktiv yosh, gormonal omillar, genetik omillar, ultrasonografiya (UTT), gisteroskopiya, miomektomiya, gisterektomiya, submukoz, intramural, subseroz mioma, simptomlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.