Yosh olimlar 4-jild 40-son (2026) · 129–131-betlar
OG‘ZAKI NUTQNI TAKOMILLASHTIRISHDA INTERFERENSION OMILLARNI BARTARAF ETISHDA BAXS-MUNOZARA METODINING O‘RNI
Turdaliyev, Bobur
DOI: 10.5281/zenodo.20085123 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Zamonaviy lingvodidaktikada chet tillarini o‘qitish jarayoni tobora kommunikativ va interaktiv yondashuvlarga asoslanib bormoqda. Xususan, ingliz tilida og‘zaki nutqni shakllantirish jarayoni murakkab psixolingvistik va metodik mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonda o‘quvchilar nutqiga ta’sir qiluvchi muhim to‘siqlardan biri interferensiya hodisasidir. Interferensiya - bu ona tili va o‘rganilayotgan til tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladigan lingvistik xatolar majmuasidir [Selinker, 1972]. Ushbu hodisa og‘zaki nutqda grammatik, leksik va fonetik buzilishlarga olib keladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.