Yosh olimlar 4-jild 41-son (2026) · 31–34-betlar

ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDA MASOFAVIY VA ARALASH TA'LIM: AFZALLIKLAR, XAVFLAR VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Ibragimov, Aliakbar

DOI: 10.5281/zenodo.20093847 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta'lim sohasida tubdan o'zgarishlar olib keldi. Ayniqsa, 2020–2021 yillardagi COVID-19 pandemiyasi masofaviy va aralash ta'lim formatlarini butun dunyo miqyosida majburan keng qo'llanilishiga sabab bo'ldi. Bugun bu formatlar vaqtinchalik yechim sifatida emas, balki ta'limning barqaror tarkibiy qismi sifatida tan olinmoqda. Ushbu maqolada masofaviy (online) va aralash (blended learning) ta'lim o'rtasidagi tafovutlar, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil etiladi. Xususan, bir qator meta-tahlillar aralash ta'lim sof onlayn formatga nisbatan yuqoriroq ta'lim natijalari berishi (o'rtacha effekt o'lchami SMD ≈ 0.6) kabi xulosalarga kelgan. O'zbekiston kontekstida esa raqamli infratuzilma yetarli rivojlanmaganligi va mintaqaviy tengsizlik hali ham asosiy to'siqlardan biri bo'lib qolmoqda. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkin: texnologiya ta'lim sifatini boyitish vositasi bo'lishi kerak, uning o'rnini egallamasligi lozim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.