Yosh olimlar 4-jild 41-son (2026) · 38–43-betlar

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL KREDIT SIYOSATI VA UNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Ravshanov, Asliddin

DOI: 10.5281/zenodo.20094755 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit siyosati, uning iqtisodiyotdagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi asosiy institut — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati, uning asosiy maqsadlari va qoʻllaniladigan instrumentlari yoritib berilgan. Xususan, inflyatsiyani jilovlash, milliy valyuta barqarorligini taʼminlash hamda iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Oʻzbekistonda pul-kredit siyosatini takomillashtirish jarayonlari, jumladan inflyatsion targetlash tizimiga oʻtish, valyuta bozorini liberallashtirish, bank tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash kabi ustuvor yoʻnalishlar tahlil etilgan. Zamonaviy sharoitda raqamli toʻlov tizimlari va innovatsion moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi pul muomalasiga koʻrsatayotgan taʼsiri ham koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, samarali pul-kredit siyosati mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish va aholining farovonligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Pul-kredit siyosati, Inflyatsiya ,Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Foiz stavkasi, Pul massasi, Inflyatsion targetlash, Valyuta bozori, Bank tizimi, Moliyaviy barqarorlik, Oʻzbekiston iqtisodiyoti

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.