Yosh olimlar 4-jild 41-son (2026) · 92–97-betlar

TA‘LIM PSIXOLOGIYASI VA UNING MOHIYATI

Xalbayeva, Gulnoza, Haqberdiyeva, Sabina

DOI: 10.5281/zenodo.20095361 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada ta’lim psixologiyasi fanining mazmun-mohiyati, asosiy vazifalari hamda inson kamolotidagi o‘rni keng yoritilgan. Ta’lim psixologiyasi o‘quvchi shaxsining rivojlanishi, bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni, tafakkur, xotira, diqqat, motivatsiya va qobiliyatlarning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganadigan muhim fan sohasi hisoblanadi. Maqolada pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik munosabatlarning ta’lim samaradorligiga ta’siri, zamonaviy ta’lim jarayonida psixologik yondashuvlarning ahamiyati ham batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish, ularning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda psixologiyaning o‘rni haqida fikr yuritiladi. Ta’lim psixologiyasi nafaqat bilim berish jarayonini takomillashtirish, balki barkamol, mustaqil fikrlovchi va ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va psixologik yondashuvlarning o‘quvchilarning intellektual hamda ma’naviy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.

Ta’lim psixologiyasi, pedagogik faoliyat, motivatsiya, tafakkur, diqqat, xotira, o‘quv faoliyati, psixologik yondashuv, shaxs rivojlanishi, tarbiya, pedagog, o‘quvchi, innovatsion metodlar, qobiliyat, ta’lim jarayoni, psixologik muhit, bilish jarayoni.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.