Yosh olimlar 4-jild 41-son (2026) · 115–118-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TARIXIY OBIDALAR QANCHALIK MUHIM

Nomozova, Shahzoda, Yusufaliyeva, Gulnora

DOI: 10.5281/zenodo.20096205 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilariga tarixiy obidalar haqida bilim berishning ahamiyati yoritilgan. Unda tarixiy-madaniy merosning yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni, bolalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga tarixiy obidalarni tanishtirishning samarali usullari, jumladan, ko‘rgazmali vositalar, sayohatlar, interaktiv mashg‘ulotlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’kidlanishicha, tarixiy obidalar bilan erta tanishish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda madaniy merosga ongli munosabatni shakllantiradi. Shu bilan birga, kichik yoshdagi bolalarning tarixiy ma’lumotlarni qabul qilish jarayoni psixologik jihatdan tahlil qilinadi va o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar beriladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’lim jarayonida tarixiy obidalar haqidagi bilimlarni tizimli ravishda berib borish o‘quvchilarning ta’lim sifati va tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ularni har tomonlama barkamol, o‘z tarixini qadrlaydigan shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

boshlang‘ich ta’lim, tarixiy obidalar, madaniy meros, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, ma’naviy tarbiya, pedagogik yondashuv, interaktiv metodlar, ekskursiya, ta’lim samaradorligi, mustaqil fikrlash, madaniy ong, innovatsion ta’lim texnologiyalari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.